Pokistonning Balujiston viloyatida ikkita portlash sodir bo‘lib, 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Geo telekanali xabar berdi.
Shuningdek, portlashda 40 dan ortiq kishi jarohat olgani ma’lum qilingan.
Ertaga, 8-fevral kuni Pokiston Milliy assambleyasiga (parlament quyi palatasi) saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Portlashlar saylovga o‘z nomzodini qo‘yganlar kabinetlari yonida sodir bo‘lgan.
Xususan, birinchi portlash mustaqil nomzod Asfand Xon Kakarning idorasi yonida sodir bo‘lib, unda 15 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Saylovlar arafasida mamlakatda zo‘ravonlik holatlari ko‘paymoqda. Mustaqil nomzod Rexan Zeb Xon 31-yanvar kuni Xayber-Paxtunxva viloyatida otib o‘ldirilgandi.