“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasidagi ishlar davom etmoqda.
Huquqiy aksiya Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar o‘tkazilishi ko’zda tutilgan. Bunda quyidagi shaxslarga yordam beriladi:
• Tug‘ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar;
• Yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar;
• Tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar;
• Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
• Ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.
9-fevral kuni Paxtachi tumanida 2001-yilda tug’ilgan fuqaro Istam Oltiboyev ham tuman FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH bo’limiga murojaat qiladi. Oilaviy sharoitning bo’lmasligi hamda ota-onasining fuqarolik pasporti bo’lmaganligi oqibatida bu yigitga tug’ilganlik guvohnomasi berilmagan. Ammo endi bu muammo emas hozirda unga nafaqat tug’ilganlik guvohnomasi ba’lki fuqarolik ID kartasi ham topshirildi.
Hujjatlarni rasmylashtirish uchun bor yo’g’i ikki kun ketgan. Homiylar tomonidan mutlaqo bepulga amalga oshirilgan.