Abror Muxtor Aliyning qo‘lga olinishiga Munisa Rizayevaning arizasi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin diniy bloger Abror Abduazimovnni ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun sud qilingani haqida xabar bergan edik.
Diniy bloger Abror Muxtor Aliyning (Abror Abduazimov) qo‘lga olinishiga xonanda Munisa Rizayevaning shikoyat arizasi sabab bo‘lgan. Tergov hujjatlariga ko‘ra, Abror Abduazimov ijtimoiy tarmoqlar orqali 1725 nafar shaxsga nisbatan haqarotomuz izohlar yozgan. Shuningdek, u o‘zining video chiqishlari orqali 161 marta so‘kingan. Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, diniy bloger Abror Abduazimov ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun sud qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 195-moddalarini buzgan deb topgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Biroq u qamoq xarajatlaridan ozod qilingan.