Janubda 1,3 milliondan oshiq falastinliklar ogʻir ahvolda qolmoqda.
Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Rafahda boshpana oʻtkazayotgan tinch aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishonchli rejasiz harbiy operatsiya oʻtkazmaslikka chaqirgan edi.
Oʻtgan hafta Netanyaxu Gʻazo sektorida HAMAS taklif qilgan sulhni rad etdi va falastinlik qochqinlar yashaydigan Rafah shahriga hujum qilishni buyurdi. Misr tomoni hujumlar oqibatida Isroil bilan 1978 yilda tuzilgan tinchlik shartnomasi (Kemp-Devid bitimi)ni bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qilgan. Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari Rafahdagi vaziyat sabab bayonotlar bilan chiqishdi. Ularda aytilishicha, Isroilning harakatlari hududda juda katta gumanitar falokatga sabab boʻladi.
Oʻz navbatida HAMAS buning uchun javob berilishi va Isroilga qarshi hujumlar kuchaytirilishini maʼlum qildi. Avvalroq guruh Isroilga 135 kunlik sulh taklif etgandi.Isroil zarbalari ostida halok boʻlgan kishilar soni 28 ming nafardan oshib ketdi.