O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi
2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 mln 20 ming 744 tani tashkil etdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 383 ming 625 taga yoki 10,5 foizga oshgan (2023-yilning 1-yanvar holatiga 3 mln 637 ming 119 tani tashkil etgandi).
Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan 93 foizi yengil avtomobillar hisoblanadi.