Foto: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi. Muallif: Jamolbek SALOMOV
“O‘zgidromet” shimoli-g‘arbiy hududlarga 16-fevral kuni kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilmoqda.
Xabaringiz bor, so’nggi kunlarda yurtimizda iqlim harorati +22 darajagachaa issiq bo’ldi. Quyoshli haroraat endi o’z o’rnini yana qishning sovuq kunlariga bo’shatmoqchi.
Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasi, Qarnob cho’li va Navoiy shahri atroflarida 16-fevral kuniga kelib harorat +9 +11 darajaga tushadi. Vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’ib, shamoll tezligi 5-7 metr tezlikda esadi. Kechga tomonn esa harorat +5 +7 darajagaa pasayadi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va ertalab 9-11 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-4 daraja iliqqacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 15-18 daraja, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha pasayadi; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekund gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.