DXX hamkorlikda Jizzax viloyatida tezkor nazorat tadbiri o’tkazdi. Xususan, Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz yashash xonadonida va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o’ziga tegishli sartaroshxonaning qo‘shimcha xonasida kripto-aktiv va mayning qurilmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy foydalanish holatlari natijasida davlat manfaatlariga 490 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.