Bugun 18-fevral – Sahroi Kabirda birinchi marta qor yog‘gan kun
Sahroi Kabir — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl hisoblanadi. U Afrika qitʼasining shimolida joylashgan, dunyodagi eng katta cho’ldir. Gʻarbdan sharqqa qarab taxminan 4800 kmga, shimoldan janubga qarab 800 dan 1200 kmgacha choʻzilgan bo’lib ; 8,6 mln km maydonni egallaydi. (Afrika qitʼasining 30 %ga yaqin maydoni, Braziliyadan kattaroq). Gʻarbdan Atlantika okeani sohillarigacha, shimolda Atlas togʻlari va Oʻrtayer dengizi, sharqdan Qizil dengiz bilan oʻralgan.
1979-yil 18-fevral kuni Sahroi Kabir cho’lida birinchi marta qor yog‘di. Qor shunchalik kuchli ediki, Jazoirdagi barcha transport harakati 30 daqiqada to‘xtab qolgan.
Ikkinchi marta sahroda qor 2005-yilda, undan keyin 2012-yilda yog‘gan.
Shundan so‘ng 2016-yil oxirida – 2017-yil boshida yana bir marta qor yog‘di. Bu Jazoirning Ayn Sefra shahri yaqinida sodir bo’lgan.
Beshinchi marta esa 2018-yil 7-yanvar kuni Sahroi Kabir qor bilan qoplangan. Iqlim yana Ayn-Sefra shahri aholisi uchun ajablanarli bo’ldi. Qor ertalab yog‘di va tezda qum tepalarini qopladi. Ba’zi joylarda qor qoplamining balandligi 40 santimetrga yetdi.
2021-yil 19-yanvarda yana qor yog‘di.
So‘nggi marta esa 2022-yil 20-yanvarda tabiat yana bir marta o‘z injiqligini namoyish etdi va Sahroi Kabir yana qor bilan qoplandi.