Paxtachida elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

Paxtachida elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

Nosozlikni bartaraf etayotgan elektromontyor shamol sababli simyog‘och bilan birga yerga qulagan.

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea 16-fevral kuni soat taxminan 18:00 larda yuz bergan. Paxtachi tumani Elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo‘lib ishlovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. “Tadbirkor” MFY hududida simyog‘ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etayotganida shamol sababli simyog‘och bilan birga yiqilib, vafot etgan.

Ushbu kunning o‘zida tuman elektr ta’minoti tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yuritilgan hujjatlar tegishli tartibda olingan.

17-fevral kuni marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yusuf Qidirbaev, muhim24.uz sayti muxbiri