Polshaliklar ukrainlarga qarshi isyon ko’tarishdi

Polshaliklar ukrainlarga qarshi isyon ko’tarishdi

Polshaliklar ukrainlarga qarshi isyon ko’tarishdi: ular yo’llarni shinalar bilan to’ldirishdi, Ukraina yuk mashinalaridan donni to’kib tashlashmoqda.

Norozilik bildirayotgan polshalik fermerlar Ukraina yuk mashinalari oʻtib ketmasligi uchun yoʻlga tuproq va shinalar to’ldirishgab. Ular, chegarada turib qolgan bir necha ukraina yuk mashinalarini ochib, ulardagi g‘allani to‘kishgan.

Fermerlarning blokadasi tufayli chegarada katta tirbandliklar yuzaga kelgan, deydi «Trenddagi INFO» Telegram kanali.

Ukraina tomonidagi “Ugrinov-Dolgobychev” nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari qatori 7 km dan ortiqqa cho‘zilgan.

Medyka-Shegini bojxona punktida Polshani tark eta olmaydigan Ukraina yuk mashinalari liniyasi allaqachon 5 km ga yaqin.

Avvalroq polyaklar ertaga chegaradagi yana 2 ta nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘yishlarini ma’lum qilgandi. Ular Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini cheklashni va Yevropa Yashil bitimidan voz kechishni talab qilmoqdalar.