foto: muhim24.uz
Joriy yilning 13-fevral kuni Paxtachi tuman hokimligida journalist va blogerlar uchun “Hududda ko’p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar”ga bag’ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tuman uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bo’limi, tuman BSK mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda tumanda jami 44 ta ko’p qavatli uy-joylar mavjud. Ulardagi 897 ta xonadonda 3 139 nafar aholi istiqomat qilishadi. Bu raqamlar kun sayin o’sib bormoqda. Demak, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, xizmat sifatining zamonga mos bo’lishi ham ahamiyatli hisoblanadi. Xo’sh, bu borada Paxtachida axvol qay darajada? Anjuman davomida shu kabi savollarga javoblar olindi.
foto: muhim24.uz
Paxtachi tumanida koʻp qavatli uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda koʻp qavatli uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni taʼmirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
foto: muhim24.uz | Matbuot anjumanidan.
Jumladan, o’tgan 2022-yil davomida koʻp qavatli uylarning tashqi xojatxonalari mumtazam dezinfeksiya qilinib kelinadi. Tutash hududlari esa toʻliq obodonlashtirilgan.
Xususan, Paxtachi tumani “Yangiobod” mahallasi Ibn Sino koʻchasida joylashgan koʻp qavatli turar joy binolari hududiga 4 dona maishiy chiqindi konteynerlari hamda “Mirzo Ulugʻbek” mahallasi Navroʻz koʻchasida joylashgan koʻp qavatli turar joy binolarining hududiga tungi yoritgich chiroqlari oʻrnatilgan. Tuman markazida joylashgan koʻp qavatli uylarning 700 metr kvadrat maydonida beton yoʻlaklar qurilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida binolar atrofiga 350 dan ortiq turli mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlari olib borligan.
Koʻp qavatli xonadonlarning kirish qismida hozriga qadar 63 dona loyihaviy ochiq eshiklar hamda 57 dona temir eshiklar mavjud boʻlib, ushbu temir eshiklarga energiya tejash maqsadida 57 dona prujinalar oʻrnatib berilgan. Mavzelarda hududni doimiy ravishda obodonlashtirish hamda tozaligini saqlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari hududlarga biriktirilib, tozalik ishlari doimiy ravishda olib boriladi.
foto: muhim24.uz | Matbuot anjumanidan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda faoliyat olib borayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati tugatilib, boshqaruv-servis kompaniyasiga oʻtkazildi. Ushbu tashkil etilgan boshqaruv-servis kompaniyasining asosiy faoliyati koʻp qavatli turar-joy binolarida istiqomat qilib kelayotgan aholiga sifatli kommunal xizmatlarni koʻrsatish hamda turar joy binolarini taʼmirlash ishlarini oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari kelgusida tumandagi aholi uchun yana 20 ga yaqin qo’shimcha pullik xizmatlar tashkil etish ham rejalashtirilayotganligi ta’kidlandi. Masalan, uy jihozlarini ta’mirlash yoki o’rnatish, xonadonlarni pardozlash kabi oilaviy ehtiyojlarga sifatli va kafolatli xizmat ko’rsatib borish rejalashtirlmoqda. Bunday xizmatlar amalyotga taqdim etilganida undan nafaqat ko’p qavatli uylardagi, balki qishloqlardagi aholi ham foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuningdek, jurnalistlar tomonidan ko’p qavatli uy-joylarda yashovchi aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida har bir uy va uning kirish qismlariga, hududlarga kuzatuv kameralarini o’rnatish borasidagi takliflari ham kelgusida inobatga olinib, bu borada ham yangiliklarni amalga oshirish haqida so’z yuritildi.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi.