Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, gaz bosimining kamayganini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida mamlakatdagi barcha metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.
Metan zapravkalar bilan bogʻliq vaziyat haqida kun davomida mahalliy hokimliklar axborot resurslarida hamda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va Energetika vazirligining rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib boriladi.