Boshiga o‘q uzilgan o‘zbekistonlik haydovchi vafot etdi

Boshiga o‘q uzilgan o‘zbekistonlik haydovchi vafot etdi
Foto ijtimoiy tarmoqlar kadr

Sankt-Peterburgda otib ketilgan o‘zbekistonlik haydovchi ikki kun o‘tib kasalxonada vafot etdi.

Hodisa gimnaziya yaqinida sodir bo‘lgan, haydovchi advokatning bolalarini o‘qishga olib kelgan vaqtda noma’lum kimsa uning boshiga o‘q uzgan. Qotilning nishoni advokat bo‘lgani, u haydovchini advokat bilan adashtirgani aytilmoqda.

Jabrlanuvchi advokat Viktor Patrushevning haydovchisi 41 yoshli Rustambek Aldayev bo‘lgan. Unga o‘q uzgan shaxs qochib ketgan. U hamon qidirilmoqda.

Marhum Rustam Aldayev peterburglik advokat Viktor Patrushevning haydovchisi bo‘lib, Yelizavetinskaya kasalxonasida vafot etgan. Endilikda qotillikka suiqasd bo‘yicha jinoiy ish qayta toifalanib, tergov Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi 3-bandi “Yollanma qotillik” bo‘yicha davom ettiriladi.

20-fevral kuni qotil o‘zbekistonlik haydovchini “Makarov” to‘pponchasidan uzoq masofadan otib tashlagandi. Kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar jabrlanuvchini reanimatsiyaga jo‘natib, bir qator shoshilinch operatsiyalarni amalga oshirgan, biroq ikkinchi kuni erkak o‘ziga kelmay kasalxonada vafot etgan.

Qotillik joyidan “Makarov” to‘pponchasining 9 mm kalibrli 1 dona gilzasi topilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, u haydovchini advokatning o‘zi bilan chalkashtirib yuborgan. O‘zbekiston fuqarosini buyurtma asosida o‘ldirgan uch kishi qo‘lga olingan, ularning ikki nafari aka-uka ekani aytilgan.

Suiqasdga 20 million rublga yaqin mulkiy mojaro sabab bo‘lgan: qotillikka buyurtma bergan shaxs, tadbirkor Ginteras Ragauskas uyga egalik qilish bo‘yicha advokat bilan uzoq vaqt kelishmovchilikka borgan.