Foto: Bosh Prokuratura
Yoqilgʻi – energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Paxtachi tumanidagi MChJ fosh etildi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Bosh Prokuratura
Xabarda keltirilishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “X.Q.S” MCHJ rahbari X.R. jamiyatga qarashli issiqxonada tijorat maqsadida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish uchun issiqxonaning isitish qozonlarini oʻrta bosimdagi gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulanganligi aniqlangan. MChJ ushbu noqonuniy harakati bilan 1 mlrd. 283 mln. soʻmlik 855,6 ming metr. kub tabiiy gazni oʻgʻirlagani aniqlangan.
Foto: Bosh Prokuratura
Hozirda holat yuzasidan “X.Q.S” MCHJ rahbari X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.