Xabaringiz bor, bugun MUHIM24’ning Telegram sahifasi orqali «Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi tumani gaz ta’minot korxonasidan norozilik aks etgan video tarqalmoqda» sarlavhasi ostida post qoldirgandik.
Ushbu postda «Videoda gaz ta’minot korxonasi xodimlari uch oydan beri (amalda 40-45 kundan oshmasligi kerak) endi gaz ballonlarini olib kelganligini aytiladi. Aholining bundan norozi bo’lib, korxona tarqatuvchi mashinalarining yo’lni to’sganligi aks etgan»ligi haqida xabar berilib, «Paxtachigazta’minoti» korxonasidan unga munosabat qaytarishi so’ralgandi.
«Paxtachigazta’minot» tashkiloti tahririyatimizga yo’llagan munosabatida mazkur holat tumanning «Oqtepa» mahallasida sodir bo’lganligini bildirib, hozirda mahallaning har bir ko’chasiga kirgan holda suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilayotganligini aytib o’tgan.
Shuningdek, koʻchalar kesishmasida doimgi joyida tarqatishni iltimos qilgan gaz idorasi xodimlariga M.N (ayol) oʻz onasi bilan qoʻpol munosabatda boʻlishgani va ushbu holatni notoʻgʻri talqin qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishganini bildirishmoqda. «Paxtachigazta’minot» tashkiloti tuman aholisidan davlat xizmatchilari faoliyatiga turli yo’llar bilan ta’sir qilib, ijtimoiy tarmoqlarda noto’g’ri talqin qilmasliklarini so’ragan.