Ma’naviyat boshqa sohalardan o’n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!
Paxtachi tumani 1-sonli kasb-hunar maktab o’quvchi yoshlariga, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, O’ZLiDeP Paxtachi tuman kengashi hamda «Ma’rifat» targ’ibot guruhi a’zolari bilan hamkorlikda «Ma’naviyat boshqa sohalardan o’n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!», degan ezgu da’vat asosida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligidagi 2023-yil 22-dekabr kuni bo’lib o’tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig’ilishi hamda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili» mazmun-mohiyati keng targ’ib qilindi.
Targ’ibotchilar; Bu yil yoshlar siyosati sohasida juda muhim yil bo‘ladi. Yoshlarning barcha sohadagi intilishlari, qiziqishlari, tashabbuslari, mehnatu ijodlari rivojlanishi, muvaffaqiyat qozonishi uchun davlat tomonidan tashkiliy, moddiy imkoniyatlar yanada ko‘proq yaratilishni takidlab o’tdi.
Jamshid SHOMURODOV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtachi tuman bo‘linmasi targ‘ibot ishlari tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi.