Endi 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun tibbiyot muassasasiga borish shart emas.
My.gov.uz da 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani onlayn olish qulayligi yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari markazi xabar bermoqda.
Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.
Shunchaki, my.gov.uz orqali “Sogʻliqni saqlash” boʻlimidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani onlayn yuklab olish kifoya. Maʼlumotnoma unda koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha amal qiladi.
Xizmatdan foydalanish bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi.