Bugun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrifi davomida Amudaryo ustidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdilar. Mazkur yo’l orqali avtomobilda 2 soat, temir yo’l orqali yuk tashishda 6 soat vaqt tejaladi.
Ko‘prikning tantanali ochilish marosimidan so‘ng Prezidentimiz dastlab poyezdda shundan so‘ng avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. Ko’prik, Qoraqalpogʻiston va Xorazm aholisi uchun asrlar davomida orzu boʻlib kelgan edi. Koʻprik loyihasi har tomonlama va puxta reja asosida ishlab chiqildi. U eng yaqin masofaga ega avtomobil va temir yoʻlni oʻzida mujassam etgan.
Eslatib o’tamiz, mazkur zamonaviy loyiha prezidentimizning 2020-yil 13-dekabr kuni Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvida ilgari surilgan edi so’ng, qurilish 2021-2024-yillarda amalga oshirildi.
Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda harakat boshlandi, aholi uchun foydalanishga ochildi. Shu paytgacha odamlar o‘tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ponton ko‘prikdan foydalanib kelar edi.
Ko’prikning uzunligi 423 metr bo’lib, bir kunda 12 ming avtomobil oʻtish imkoniyatiga ega.