Zulfiyaxonim haqida muhim faktlar

Zulfiyaxonim haqida muhim faktlar

Zulfiya Isroilova (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — Zulfiya nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Mehnat Qahramoni (1984).
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan.
Aleksandr Pushkin, M.Y. Lermontov, N.A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati.
Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.

Zulfiyaxonim hayotidagi muhim yillar…

1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug’iladi.

1931–34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o’qiydi. Adabiy to’garaklarda qatnashadi va she’rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul. Birinchi she’ri «Ishchi» gazetasida bosiladi.

1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi.

1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she’rlar to’plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o’qiydi.

1933–35-yillar. O’zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935–38-yillar. O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o’qiydi.

1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir.

1939-yil. «Qizlar qo’shig’i» she’riy kitobi chiqadi.

1941-yil. O’zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo’limi boshlig’i.

1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi.

1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi.

1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g’aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so’roqlab» she’rlarini yozadi.

1950–53-yillar. «O’zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo’limi boshlig’i.

1950-yil. «Men tongni kuylayman» she’riy kitobi chiqadi.

1953-yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi.

1954-yil. «Saodat» jurnalining bosh muharriri.

1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she’ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi.

1965-yil. O’zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she’rlar to’plami, «O’ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo’ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi.

1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo’ldi.

1972-yil. «Visol» she’rlar to’plami nashr etildi.

1972-yil. Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi.

1974-yil. 2 jildlik «Asarlar» to’plami chiqdi.

1975-yil. «Yillar, yillar» she’rlar kitobi chop etildi.

1976-yil. «Kamalak» she’rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she’rlar kitobi chiqdi.

1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning «Semurg’» dostoni asosida pyesa-ertakyozdi.

1996-yil. 81 yoshida vafot etdi.