Bugun, 1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko‘chasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida portlaash sodir bo’lgan. Bunga gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Hozirda uning sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok bo‘lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.