DXX Asaka tuman hokimining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va Kadastr agentligining boʻlim boshligʻini qoʻlga olindi

DXX Asaka tuman hokimining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va Kadastr agentligining boʻlim boshligʻini qoʻlga olindi

Asaka tumani hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari topshirigʻiga asosan, unga tegishli chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonining 50 sotix qismini sotish hamda tuman kadastr boʻlimi orqali ushbu yer maydonining toifasini noturar joyga oʻzgartirib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 40 ming AQSH dollari talab qiladi.

Shuningdek, tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbirda ushbu pul mablagʻidan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Kadastr agentligining Asaka tuman boʻlimi boshligʻi ham ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda Asaka tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va Kadastr agentligining Asaka tuman boʻlimi boshligʻiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.