Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillariga ko‘ra, 2018-2022 yillarda ekin maydonlari 3 mln 396 ming gektardan 3 mln 353,3 ming gektarga (1,3%) qisqargan.
Bu davrda ko‘p yillik dov-daraxtlar maydonlari 432,5 ming gektardan 488,6 ming gektarga (13%) oshgan.
Shu yillarda paxta va umumiy ekin maydonlarida bug‘doy va paxta maydonlarining ulushi 73,5 foizdan 69,5 foizga qisqargan.