O’zbekistonda taroveh namozlari qaysi hududda va qaysi vaqtda o’qilishi ma’lum qlindi

O’zbekistonda taroveh namozlari qaysi hududda va qaysi vaqtda o’qilishi ma’lum qlindi

Ramazon oyi yaqinlashgan sari mo‘min-musulmon xalqimizning xursandchiligi yanada ziyoda bo‘lmoqda. Shubhasiz, qutlug‘ oyga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, shu oyga xos bo‘lgan ibodat taroveh namozidir. Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi» (Imom Buxoriy), deganlar.

2024 yil 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan so‘ng yurtimizdagi majidlarda taroveh namozi boshlanadi.

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozi boshlanish vaqtlari quyidagicha:

Farg‘ona 20:15
Namangan 20:15
Andijon 20:15
Toshkent v. 20:30
Toshkent sh. 20:30
Sirdaryo 20:30
Jizzax 20:30
Samarqand 20:45
Qashqadaryo 20:45
Surxondaryo 20:45
Navoiy 20:50
Buxoro 20:50
Xorazm 21:10
Qoraqalpog‘iston R. 21:10