Tojikiston maxsus xizmatlari Qirg‘iziston fuqarosini josuslikda ayblashmoqda

Tojikiston maxsus xizmatlari Qirg‘iziston fuqarosini josuslikda ayblashmoqda

Tojikiston maxsus xizmatlari Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi. Ular qirg’iz fuqarosini josuslikda ayblashmoqda. Qirg’iziston OAVda berilgan xabarlarda Parlament Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan buni tekshirishni talab qilayotgani aytiladi.

Kubatbek Yo‘ldoshev 2022-yil avgust oyida Tojikistonga ota-onasini ko‘rgani borgan. U yerda maxsus xizmatlar uni mojaro paytida qo‘lga olishgan. Ular Yo‘ldoshevning ayg‘oqchi ekanligini aytib, 13 yilga qamashgan. U deyarli ikki yildan beri u yerda o‘tiribdi.