BYD yana bir elektromobili narxini Cobaltʻdan ham arzon qilib qoʻydi

 

BYD kompaniyasi Xitoyda davom etayotgan misli koʻrilmagan raqobat fonida oʻzining eng ommabop modellaridan biri BYD E2 elektromobili narxini arzonlashtirdi. E2 Honor Edition elektromobillari endi Xitoyda 89 800 yuandan (12 400 dollar) boshlab sotuvga chiqariladi. Elektromobil eski narxidan 1500 dollarga (13 foiz) arzonlashgan.

E2 Honor Edition narxlari
Comfort (405 km) 89 800 yuan (12 400 dollar)
Luxury (405 km) 96 800 yuan (13 400 dollar)

E2 elektromobilining full komplektatsiyasini Oʻzbekistonga buyurtma asosida olib kelish barcha xarajatlari bilan taxminan 16 000 dollarga tushadi.