Qashqadaryo Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Bugun yurtimizda maktablar to’liq davlat tomonidan ta’minlanishini juda yaxshi bilamiz. Ammo bugun shunday maktablar ham borki, ular o’z daromadlariga ega bo’lib, sharoitlarini, xodimlariga qo’shimcha yordamlarni shu mablag’lar hisobidan qilishmoqda. Qashqadaryoda ham aynan shunday maktablardan biri borligi va u ko’chatlar orqali 2 ming dollar daromad ko’rdi. Bu haqida viloyatning Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qashqadaryodagi barcha hududlar singari Koson tumanida ham “Yashil makon” doirasida bir qator ko‘kalamzorlashtirish ishlari qilinmoqda. Ta’lim muassasalarini ko‘kalamzorlashtirishdan tashqari, maktab fondini moddiy boyitish choralari ham ko‘rilmoqda.
Xususan, Koson tumanidagi 15-, 28-, 77-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari mevali va manzarali daraxtlarni yetishtirish hamda mahalliy aholiga sotib, daromad topish manbaiga ham ega bo‘lgan. Koson tumanidagi 77-maktab bog‘i 18 ming daraxtzorga ega. Shundan 8 ming tup ko‘chat sotuvga tayyor. 2023-yilda esa ko‘chatlar orqali maktab 2 ming AQSH dollaridan ortiq daromad topgan.
Bundan tashqari, tumandagi 28-sonli umumta’lim maktabi 13 mingdan ortiq mevali, manzarali, 77-sonli maktab esa 11 mingdan ortiq daraxtzor va ko‘chatlariga ega. Ushbu maktab ham ancha yillardan buyon nihol, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi va yillik qo‘shimcha daromadi o‘rtacha 2,5 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murarabbiylarni rag‘batlantirish an’anaga aylangani aytildi.