2023-yilda shu yosh toifasidagi nogiron erkaklar soni 2,17 mln kishini tashkil etib, soʻnggi 8 yildagi rekord qayd etildi, deb xabar berdi “Vyorstka” nashri Pensiya va ijtimoiy sugʻurtalash jamgʻarmasiga asoslanib.
2022-yilda 31–59 yoshlilar toifasida 1,67 mln nafar nogiron roʻyxatga olingandi. Nashr yozishicha, bir yil ichida bunday shaxslar safi 30 foizga kengaygan yoki 507 ming nafarga koʻpaygan.
Demograf Aleksey Raksha “Vyorstka” bilan suhbatda nogiron erkaklar soni jangovar harakatlar qatnashchilari hisobiga koʻpaygan, degar fikrni bildirdi.