Foto: prezident.uz
Prezidentning “2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi.
Shuningdek, sessiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bo’yicha yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratiladi. Ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, xeshteg va chellenj kabi usullarni qo‘llash orqali keng targ‘ib qilish choralarini ko‘riladi. “Samarqand – jahon tamaddunlari chorrahasida” kitob-albomi yaratilib, u o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etiladi.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida Buyuk ipak yoʻli davlat muzeyini tashkil etilishi borasida ham qarorda ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, Amir Temur bogʻlari qayta tiklanadi. Bibixonim majmuasi restavratsiya qilinadi. Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazini muhofaza qilishga qaratilgan uning master va menejment rejalarini ishlab chiqish boʻyicha tegishli qarorlar loyihalari belgilangan tartibda kiritiladi.