Foto: Prezident matbuot xizmati
Kecha prezident Oʻzbekistonda ogʻir atletika hamda mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid takliflar bilan tanishdi.
Ogʻir atletikani ommalashtirish maqsadida 3 bosqichli musobaqalar, Markaziy Osiyo va “Uzbekistan Open” ochiq chempionatlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Futbolda boʻlsa erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari oʻrtasida mahalla terma jamoalari shakllantiriladi. Iqtidorli yoshlar aniqlanib, professional futbol muassasalariga yoʻnaltiriladi.