Bitiruvchi sinflar uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi aniq bo’ldi

 

 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
➖Matematika fanidan — yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
➖Matematika fanidan — yozma;
➖Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
➖Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi (https://t.me/uzedu/26548).