Ijtimoiy tarmoqlarda Open budjetdagi ovoz yig’ishda suni’y ovozlar yig’ilganligi borasida xabarda, oxirgi 3 ta raqami bir xil bo‘lgan raqamlar orqali ovoz berilayotgani, bu esa sun’iy ovoz berish ekanligi aytilgandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Chorgo‘sha mahallasiga yo‘l chiroqlari va transformator o‘rnatish bo‘yicha tashabbus bildirilgan.
Mahalla faollari esa mahallada yashaydigan hali nomiga birorta sim-karta olmagan va ovoz bermagan 117 nafar fuqaroning nomiga dilerdan yangi sim-karta olishgan. Diler esa rasmiylashtirish oson bo‘lishi uchun oxirgi to‘rtta raqami bir xil (8963) bo‘lgan sim-kartalar bergan.
Barcha raqamlar mahallada haqiqatdan yashaydigan real odamlar uchun berilgan va ular «Bir kishi — bir ovoz» prinsipiga amal qilib ovoz berishgan. Ya’ni ular avval ovoz bermagan bo‘lgan. Bu esa ovozlarni haqiqiy deb hisoblash uchun asos bo‘la oladi.
Turli xakerlik yo‘llari bilan soxta ovoz ko‘paytirilgani haqidagi mish-mishlar esa o‘z isbotini topmagan.
Eslatib o’tamiz. «Tashabbusli byudjet»da ovoz berish ertaga, 4-aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Hozirgacha jami 11 mln 463 mingta ovoz berilgan.