Ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamovga tegishli deya aytilayotgan audio tarqaldi. Unda tashkilot rahbarlariga “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya tahdid qilgan.
Ushbu holat bo’yicha Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi nazoratga olgan.
Kecha, 3-aprel kuni Open budjetdagi ovoz yig’ishda suni’y ovozlar yig’ilganligi borasida xabarda, oxirgi 3 ta raqami bir xil bo‘lgan raqamlar orqali ovoz berilayotgani, bu esa sun’iy ovoz berish borasidagi shubha bo’yicha Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi rasmiy munosabat bergandi. Unda Samarqand viloyati Paxtachi tumani Chorgo‘sha mahallasiga yo‘l chiroqlari va transformator o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan tashabbus shubhaga olinib tekshirilgan va shubha o’z tasdig’ini topmagandi.
Eslatib o’tamiz, “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaror bilan «Open budget»ga majburan ovoz yig’dirish majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi