Qozog‘istonda vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelinadi

Qozog‘istonda vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelinadi

2024-yil 3-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Qozogʻiston Respublikasi, Aqto‘be viloyati, Algin tumanidan oʻtgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Chimkent” avtomobil yoʻlining 678 km.da “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Natijada, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida boʻlgan jami 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʼullari qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.