Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamovga tegishli deya aytilayotgan tashkilot rahbarlariga “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya tahdid audio bo’yicha Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi nazoratga olganni haqida xabar bergan edik.
Senatning xabar berishicha, Qiziltepa tumani hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Open Budget” dasturi doirasida tashkilot rahbarlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan tashabbusli budjet loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilganligi va majburan jalb qilganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda hokim o‘rinbosarining harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.