Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 8-apreldagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori haqida xabaringiz bor. Shu mmunosabat bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida joriy yilning 10—12-aprel (chorshanba — juma) kunlari—dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.
Mamlakatimizda esa 2024-yil 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida oʻqish kuni hisoblanadi.
Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻquv yili yakuniga qadar mavzularni tigʻizlashtirgan holda oʻzlashtirish tavsiya etilmoqda.