Tibbiyot — bu salomatligimiz posponlari bo’lmish shifokorlarining birlashgan, umumiy kengashi hisoblanadi. Bugun yurtimmizda bu sohani rivojlantirish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, ularning texnik bazasini binolar holatini yangilash va zamonaviy ko’rinishga keltirish, hamshira va shifokorlar malakasini oshirish, xorij taajribasini o’rganish va faqat markazda emas, balki tuumanlarning o’zida iloji boricha bir nechta murakkab jarrohlik operatsiyalarini o’tkazish imkoniyatlari yaratildi.
Bu kabi jarayonlar Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ham izchil olib borildi. 15-aprel kuni tibbiyot birlashmasida tashkill etilgan matbuot anjumanida ishlar borasida batafsil axborot berildi. anjumanda OAVga birlashma bosh shifokori Ulug’bek Suvonov barcha savolllarga javob qaytardi.
Tuman markazidagi tibbiyot birlashmasida bugunngi kunda1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklenika, 5 ta oilaviy poliklenika, 11 taoilaviy shifokorlik punktlari mavjud. Ularning har birida zamonaviy axborot komunikatsiyalarini joriy etish maqsadida IT hamshiralar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Birlashma 2022 yidan boshlab elektron poliklinika tizimida ham o’z faolyatini boshlagan. Unda 1-navbatda aholini elektron ro‘yxati shakillantirilgan va hozirgi kunga kelib tuman aholisinning uchdan ikki qismi, ya’ni 141 ming nafari ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, IT hamshiralar yordamida 12 ta tizimning elektron bazasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bular jumlasidan esa order olish, to‘g‘ilish yoki o‘lim, emlash, kasallik varaqasi kabilarni misol qilish mumkin.
Shuninngdek,, hozirda muassasalarda MEDHUB elektron bazasi joriy etilib, talon aylanishi orqali shifokor qabuli yo‘lga qo’yilgan, ya’ni buning afzalliklari esa bemorlar soatlab navbatda turmasdan elektron qabul orqali ro‘yxatdan o’tish imkoniyati yaratilgan.
Birlashma islohotlar jarayonida faqatt bullar bilan cheklanmasdan, tibbiyot xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadidagi «IT MED park»ida 425 nafar xodim o‘qitildi. Kelgusida barcha xodimlarni kompyuter savodxonligiga qamrash rejalashtirilgan.
Tuman aholisining tibbiy muammolarini masofadan bartaraf etish maqsadida birlashmaning tor doiradagi mutaxasislari bilan muassasalardagi bemorlar o‘rtasida telemedetsina muloqoti ham izchil tashkil qilinib, haftaning har payshanba kuni aholiga onlayn maslahatlar berib borish yo’lga qo’yilgan.
Birinchi, ya’ni tez yordam tizimidagi mashinalariga «GPS» moslamaalari o‘rnatilib, ularnni onlayn rejimda faolyatini nazorat qilish imkooniyati yaratilgan. Tibbiyot birlashma boshlig‘i bilan 24 soat davomida bog‘lanish uchun “Tezkor aloqa” tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Murojaatchi yoki bemor kunning xohlagan vaqtida birlashma boshlig‘i bilan aloqaga chiqib, o’z muammosini hal etishi mumkin. Shuninng bilan birlashmada ijro intizomini ta’minlash maqsadida birlashma xodimlarining ishga kelib ketishini nazorat qiluvchi elektiron kirish tizimi yo’lga qo»yilgan. Bu esa xodimning ishga o’z vaaqtidaa kelishini rahbar tomonidan doimiy nazoratga olish imkonini berrmoqda.
2024-yilgi ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga ko’ra, tibbiyot birlashmasi ehtiyojidan kelib chiqib tashabbusli byudjetdan 300 dona kompyuter va 148 nafar patronajlar uchun planshet olish rejalashtirilgan. Tibbiyot xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida har oy 15 nafarini o‘qitish va har bir xodimga kompyuterni mukammal o‘rgatish rejasi ishlab chiqilgan.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi