Bugun, 22-aprel kuni Paxtachi tumani hokimligida navbatdagi matbuot anjumani tuman hududidagi umumiy foydalanishdagi hamda ichki xo‘jalik yo‘llarni tamirlash va saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so’z yuritildi. Unda Tuman Yo’llardan foydalanish davlat unitar korxonasi rahbari Nurali ESHONQULOV jurnalist va blogerlar bilan suhbatda, ularni qiziqtirgan savollarga javoob berib o’tdi.
Iqtiboslar:
– Paxtachi tumani bo‘yicha avtomobil yo‘llarining jami umumiy uzunligi 922 km;
– Xalqaro ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 30 km;
– Davlat ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 61 km;
– Mahalliy ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 132 km. Ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari 699 km.ni tashkil etadi.
Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar tuman aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, yo‘llarda yo‘l transport hodisalarini oldini olish va piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari, ichki yo‘llarda ham tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda hashar yo‘li bilan tosh-shag‘al tashlanib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 2024 yilgi reja bo’yicha
Xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarning 30 km,
Davlat ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarning 3 km,
Mahalliy avtomobil yo‘llarida 13 km,
jami 46 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va asfaltlash ishlari bajarilishi reja qilingan.
O‘tgan 2023-yilda xalqaro, davlat, mahalliy hamda ichki avtomobil yo‘llarida ham bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida reja 24 km bo‘lgan va – 3.9 mlrd so‘m, amalda esa 29 km – 4.8 mlrd so‘mlik 121% ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Tuman ichki yo‘llarida joriy ta’mirlash ishlari rejasi jami 10,270 km bo‘lgan va – 5.5 mlrd so‘m, amalda 10,237 km – 5.2 mlrd so‘mlik 100% joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Open byudjet mablag‘lari xisobidan reja 4, 275 km bo‘lgan va – 2.0 mlrd so‘m, amalda 4, 275 km – 2.0 mlrd so‘mlik 100% asfalt yotqizish ishlari bajarilgan.
«Mening yo‘lim» loyihasi mablag‘lari hisobidan reja 4,530 km bo‘lgan va 2.0 mlrd so‘m, amalda 4,530 km 2.0 mlrd so‘mlik 100% asfalt yotqizish ishlari bajarilgan.
Shundan:
1. Xalqaro ahamiyatga ega M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘llarida bajarilgan joriy ta’mirlash ishlari rejasi 126-135 km oraliqlarida 9 km – 1,4 mlrd so‘m, amalda 10 km – 1, 6 ming so‘mlik 111% joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Bundan tashqari piyodalar yo‘lakchasi 2,250 km qurildi.
Ajratilgan mablag‘lardan tashqari “Jahonobod” mahallasi hududida 1,6 km 0,4 mlrd so‘mlik piyodalar yo‘lakchasi qurildi, hamda 121-122 km; 139-140 km oraliqlarida piyodalar uchun 2 joyda svetofor o‘rnatildi.
Xalqaro, Davlat va Mahalliy axamiyatga ega avtomobil yo‘llarida yo‘l yotiq chiziqlari chizildi, eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi, yo‘q joylarga ham o‘rnatildi.
2. Xalqaro axamiyatga ega M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘llarida bajarilgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari rejasi 135-147 km oraliqlarida 12 km – 1, 7 mlrd so‘m, amalda 12 km – 1, 9 mlrd so‘mlik 120% ta’mirlash ishlari bajarildi.
3. Mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida bajarilgan joriy ta’mirlash ishlari rejasi 8,0 km– 0,7 mlrd so‘m, amalda 10,0 km – 1, 3 mlrd so‘mlik 125% ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Muhim24.uz muxbirlari