Botir Qodirov Zohirshoh Joʻrayevni sudga berdi. Joʻrayev otalikni belgilash ishi buyicha sudda javob beradi.
Fuqarolik ishlari buyicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudida bugun 23 aprel kuni mashhur xonandalar javobgar sifatida ishtirok etishi kerak boʻlgan ish koʻrilmoqda.
Xabarlarga koʻra, xonanda Zohirshoh Joʻrayev otalikni belgilash ishi bo’yicha sudda javob beradi.
Oliy sud matbuot xizmatining Bugun.uzʻga maʼlum qilishicha, mazkur ishni koʻrish 15 aprel kuniga tayinlangan. Biroq javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni koʻrishni boshqa kunga qoldirishni soʻragani sababli u bugun koʻrib chiqilgan. Sud majlisida daʼvogar vakilining koʻrsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish uchun ishni koʻrish 2 mayga qoldirilgan.
Maʼlumot uchun, Zohirshoh Joʻrayev Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayevning oʻgʻli hisoblanadi. Shuningdek, Botir Qodirov ham uning oʻgʻli ekani aytiladi.
Eslatib oʻtamiz, Sherali Joʻrayev oʻtgan yilning sentyabr oyida 77 yoshida vafot etgan.