Turkmaniston Turkiyaning Bayraktar dronlarini, Belarusning “Busel” dronlarini, Xitoyning raketa tipidagi turbofan dronlarini, Isroilning SkyStriker kamikadze-dronlarini sotib olgan.
Tojikiston nashrlarining yozishicha, Dushanbe Eronning “Ababil-2” dronlarini sotib olish uchun arizani 2022-yildayoq topshirgan. Keyin Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik doirasida yana bir nechta Puma tipidagi UAVlar olingan. Turk Bayraktar’larini sotib olish ham ko‘rib chiqilmoqda.
Qirg‘iziston Turkiyaning “Akinji” va “Oqsungur” dronlarini sotib olgan. Bu haqda 2023-yil oktyabr oyida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining birinchi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qilgan edi.
Shu bilan birga, u Qirg‘iziston armiyasini zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan qayta jihozlash uchun 2,5 yil davomida 1,3 milliard dollarga teng mablag‘ sarflanganini ta’kidlagan. Bu dronlardan tashqari Qirg‘iziston Xitoy, Germaniya va BAAdan individual dronlar sotib olgan.
O‘zbekiston armiyasida Turkiya va Xitoyning Bayraktar TB-2 va Wing Loong-I tezkor-taktik hujumchi dronlari allaqachon mavjud. 2023-yil noyabr oyida ular Rossiyaning “Orlan” razvedkasi bilan birgalikda O‘zbekiston OAVlarida rasman namoyish etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining “Lochin” vertikal uchish va qo‘nish razvedkachi dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani maʼlum qilgan, — deb yozadi nashr.