Rossiyaning huquqni muhofaza qilish organlaridagi o‘zgarishlar haqida:
▪️Putin Andrey Belousovni Rossiya mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qildi. U avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari edi;
▪️Harbiy bo‘lmagan odamni mudofaaga tayinlash qarori “vazirlik innovatsiyalar va ilg‘or g‘oyalar uchun ochiq bo‘lishi kerakligi” bilan izohlandi;
▪️Bundan tashqari, harbiy blok iqtisodiyotini mamlakat iqtisodiyotiga moslashtirish juda muhim, shunda bu dinamikaga mos keladi;
▪️Mudofaa vaziri bo‘lishga taklif qilinayotgan Belousov aynan iqtisodiy yo‘nalishda ko‘p yillar rahbarlik qilgan;
▪️Mudofaa vazirligini boshqargan Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi, shuningdek, u harbiy-sanoat kompleksi bo‘yicha prezident o‘rinbosari bo‘ladi;
▪️Patrushev Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod etildi, uning yangi ish joyi keyinroq e’lon qilinadi;
▪️Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov o‘z lavozimida ishlashda davom etadi.
▪️Boshqa huquqni muhofaza qilish organlari – FVV, IIV, Adliya, Tashqi razvedka, FXX va Milliy gvardiya rahbarlari o‘zgarmasligi kutilmoqda.