Ishingizda va boshlagan kuningizdagi rejalaringizda samaraga erishishingizda siz uchun yaxshilab uyquga to‘yishingiz katta ahamiyat kasb etadi. Lekin agar siz vaqtingizni uxlashga sarflasangiz, unda ishlaringizni bajarishga ulgura olmaysiz – bir qarashda bu muammoning yechimi yo‘qdek ko‘rinadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bizning zamondoshlarimiz o‘tgan asrdagilarga qaraganda uyqu uchun bir soat kam vaqt ajratar ekan. Va bu ruhiy va jismoniy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi. Olimlar bizga biroz bo‘lsa-da ko‘proq uxlashga yordam beruvchi bir necha oddiy usullarni ham tavsiya qilmoqdalar.
MUHIM24 bugun sizga ushbu tavsiyalarning eng samarali 7 tasini taqdim etishga qaror qildi.
1. Qo‘l telefoningizni uzoqroq qo‘ying — Gadjetlarning ekrani – uyqusizlikning haqiqiy omillari. Piksellarning lip-lip o‘tishi va butun kecha davomida undan chiqadigan axborotlar oqimi sizni uyqudan mahrum qiladi yoki hech bo‘lmasa uyquga ketish jarayonini ancha uzaytiradi.
2. Uxlash xonasidagi chiroqni o‘chiring — Agar siz miyangizni chiroqning yorug‘ligi yordamida qiynasangiz, u uxlay olmaydi. Ayniqsa unda kunduzgi chiroq norozilik tug‘diradi.
3. Qahva ichishni tashlang — Albatta, ertalab ichilgan qahva sizni yarim soatga tetiklashtiradi. Lekin kofein miyadagi melatonin miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qahva ichish odati uxlay olmaslikning sababiga aylanadi.
4. Boshingizni sovuqda, oyoqlaringizni esa issiqda tuting — Xonaning salqin, toza havosi va oyoqlarga qo‘yilgan iliq grelka uyqu uchun zarur sharoit yaratadi.
5. Uyquga ketishni taomilga aylantiring — Takrorlanuvchi harakatlar miyada uyquga ketish odatini shakllantiradi. Shuning uchun bir nechta oddiy harakatlar o‘ylab topish va har kuni uxlash vaqti kelganda ularni amalga oshirish samara beradi.
6. Yaxshi narsalar haqida o‘ylang — Uxlash oldidan o‘zingizga kunning omadsiz lahzalari yoki hayotingizdagi barcha mash’um xatolar haqida o‘ylashni taqiqlang. Yaxshisi, kuchukchalar yoki shunga o‘xshash yoqimtoy narsalar haqida o‘ylang.
7. Ko‘pikli vanna qabul qiling — Xushbo‘y tuzlar va tinchlantiruvchi ko‘pikli vanna mushaklarni bo‘shashtirishga, ko‘pincha uyqusizlikning sababi hisoblanadigan taranglikdan qutulishga yordam beradi.