Kim Chen Irning g’alati muzeyi haqida eshitganmisiz?

Kim Chen Irning g’alati muzeyi haqida eshitganmisiz?

Shimoliy Koreya rahbari haqida gap ketganda ko’pchiligimiz ulardagi kuchli dektaturani tasavvurimizga keltiramiz. Shuningdek, ularning o’z foydasi uchun chiqargan ayrim g’alati qonunlarini ham eshitganmiz.

«MUHIM24» erkin ijodkorlar sahifasi «Wikipedia sharhi» loyihasi bilan hamkorlikda endi siz uchun «Bu qiziqarli» bo’limi orqali turli hayratlanarli ma’lumotlar va FAKTLARNI taqdim etib boradi. Bugun esa anglaganingizdek, Shimoliy Koreya borasida so’z yuritamiz…

Kim Chen Irning g’alati muzeyi haqida eshitganmisiz? 

U bilan gaplashish uchun juda ko’p g’alati narsalar bor, lekin bugungisi faqat bitta FAKT.

Kim Chen Ir Maykl Jordanni shunchalik yaxshi ko’rar ediki, u Jordanning Bulls bilan o’tkazgan har bir o’yinining VHS nusxalariga ega edi.

Bilmaganlar uchun Maykl Jeffri Jordan amerikalik basketbolchi va sobiq NBA o’yinchisi.

Tarixdagi eng yaxshi basketbolchilardan bo’lgan. U haqida alohida hali alohida yozamiz…

Xullas, AQShlik basketbolchi Irga imzo qo’yilgan to’p sovg’a qiladi, Ir esa bundan yangi tug’ilgandek baxtiyor bo’lib, to’pni namoyish qilish uchun yangi jamoat muzeyi quradi. Ha-ha, bitta to’p uchun, sababi u ham…

Mayli qo’yavering..!

Bundan tashqari, u basketbolning o’z versiyasini ham ixtiro qiladi. Unda siz erkin to’plarni o’tkazib yuborganingiz uchun ochko yo’qotasiz. Qoida shunaqa.

Gulzoda RAMAZONOVA tayyorladi