Tom Aspinall vaqtinchalik chempionlik kamaridan mahrum bo’lishi mumkin.
Bu haqda Cheyl Sonnen UFC rahbariyatiga tayanib xabar berdi:
«Vaqtinchalik chempion faqatgina amaldagi chempion aktiv bo’lmasagina kamari bilan yurishi mumkin. Jon Jons va Stipe Miochich oktagonga kirib jangni boshlashsa, Tom Aspinall darhol kamaridan ayriladi.
Bu haqda kam odam biladi, lekin men UFC vitse-prezidenti Mark Ratner bilan gaplashdim va u menga hammasini tushuntirib berdi. Aspinall endi kamaridan ayriladi va uning Jons bilan jangi hatto sodir bo’lsa ham, endi bu kamarni birlashish jangi bo’lmaydi. Jons Miochich bilan jang qilar ekan, Jonsning Aspinall bilan ehtimoliy jangi endi chempion va chempion o’rtasidagi jang nomiga ega bo’lmaydi», – dedi Sonnen Demetrius Jonsonga bergan intervyusida.