«Toshkent metropoliteni» DUK «Harakat» xizmati xodimi X.N. ismli shaxs fuqaro D.M. ning ishonchiga kirib, uni 2 000 000 so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan va undan 1 000 000 so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida, O‘zbekiston Respublikasi IIV T va TOXTD ning Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan «Toshkent metropoliteni» DUKning «Rejim tartibini ta’minlash» xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasining 3-qismi b-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.