Oʻzbekistonda “Haj – 2024” mavsumi qachon boshlanadi?

Oʻzbekistonda “Haj – 2024” mavsumi qachon boshlanadi?

Oʻzbekistonda “Haj – 2024” mavsumi 23-maydan boshlanadi.

Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroportidan toʻgʻridan toʻgʻri — Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Fargʻona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.
Barcha parvozlar “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.