Bugun 17-may – Halima Xudoyberdiyeva tug’ilgan kun.
Halima Xudoyberdieva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetida tahsil oldi. Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.
Halima Xudoyberdiyevaning ijodi 1960-yillarda boshlangan bo‘lib, shu kungacha u yigirmadan ortiq she’riy to’plamlar, dostonlar va publitsistik maqolalar yaratdu.
Xususan, uning «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog’larim» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» ( 1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Yuragimning og’riq nuqtalari» (1991), «Hurlik o‘ti» (1993), «Bu kunlarga yetganlar bor» (1994), «To‘marisning aytgani» (1996) kabi she’riy, nasriy majmualari keng kitobxon ommasining ma’naviy mulkiga aylangan.
1992-yilda «O’zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Halima Xudoyberdieva 2018-yil 17-avgustda 71 yoshida olamdan ko‘z yumdi.