Qosim-Jomart Kemelevich Tokaev. Uning millati qozoq. Toqaev 1953-yil 17-mayda Olma-Otada tug’ilgan. Qozoq davlat va siyosiy arbobi hisoblanadi. 2019-yil 20-martdan beri Qozog‘iston Respublikasining amaldagi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida faoliyat olib bormoqda. 2022-yil 5-yanvardan Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisi vazifasini ham bajaradi.
Prezidentlikka saylovlarda
2019-yil 9-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida u 70,96% ovoz toʻplab, gʻalaba qozonadi.
2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tokayev 81,31 foiz ovoz bilan yana qayta g‘alaba qozondi.
Qosim-Jomart Toqayev 2019-yilning 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.
Toqayev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev bilan aloqalari haqida gapirdi:
“Shavkat Miromonovich meni Qozog‘iston Prezidentligi lavozimiga kirishganim munosabati bilan birinchi bo‘lib tabriklagan davlat rahbarlaridan. Unga samimiy so‘zlari uchun chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman. Elboshimiz sha’niga aytilgan ezgu tilaklarni ham O‘zbekiston rahbarining bizning yurtimizga yuksak ehtiromi ifodasi deb bilaman.