Yaponiyadagi Kirin kompaniyasi taomlarning ta’mini o’zgartirib, uni tuzsiz sho’rroq qiladigan qoshiqni namoyish etdi.
Qurilma tildagi natriy ionlarining molekulalariga zaif elektr zaryadi bilan ta’sir qiladi, shu sabab taomga tuz solinmasa ham u bordek tuyuladi.
Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qoshiq tuz iste’molini kamaytirishga va sog’lom bo’lishga yordam beradi. Narxi — 127 dollar.