“Ikkala jahon urushi oldidan ham OAV sahifalarida ancha vaqt davomida urushga tayyorgarlik bo‘lgan edi, menimcha, bugungi kunda Bryussel va Vashingtonda bo‘layotgan voqealar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorgarlikka o‘xshaydi. Xotirjam aytish mumkinki, Yevropa urushga kirishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, bu OAV va siyosatchilar bayonotlaridan maʼlum», — dedi Orban «Kossuth» radiosi efirida.
Shu bilan birga Orban, Vengriya o‘zining NATOdagi rolini qayta ko‘rib chiqayotganini va qanday bo‘lsa ham ushbu urushda ishtirok etmasligini maʼlum qildi.