O’zbekistonda 1-iyundan boshlab «metan» gaz shahobchalarida gazning narxi oshadi.
Unga ko’ra, bir kub metr «metan» gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.
1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi.
Eslatib o’tamiz, «metan»ning avvalgi narxi joriy yil 1-aprelgacha 3250 soʻm bo’lgan va apreldan narx oshib, 1-iyungacha esa 3350 soʻm etib belgilangandi.